Pirotexnika vositalarini olib yurgan fuqaro ushlandi

Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari Samarqand shahridagi Rudakiy ko‘chasida o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro M.M.ga tegishli 4 blokda 40 quti “Treniya” nomli va 1 blokda 10 quti “Korsar” nomli pirotexnika vositalarini olib yurgan vaqtida ushlandi. Qilmish-qidirmish deganlaridek, endilikda fuqaro qonun oldida javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida respublikamiz hududiga pirotexnika vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.