Polsha Yevropa parlamentini Belarusdagi voqealar sababli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy qilishga chaqirdi

Prezident saylovlari o‘tkazilganidan so‘ng, Belarusda bir necha kundan beri davom etayotgan ommaviy namoyishlar sababli, Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi lozim. Bu haqda Yevropa parlamentining Polsha vakili deputati Yasek Sariush-Volskiy so‘zladi.

Belarusdagi voqealar sababli Yevropa ittifoqi, Minskka nisbatan sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

“Yevropa ittifoqi qilishi mumkin bo‘lgan, Polsha taklif etayotgan narsa – bu Belarusga emas, Rossiyaga nisbatan sanksiya joriy etilishi. Sababi, hozirgi holat qilich ko‘targan qo‘lni emas, qilichni jazolashga o‘xshamoqda. Agar Rossiya aralashuvining oldi olinsa, fikrimcha belaruslarning o‘zlari demokratiya qurishni uddasidan chiqadilar”, - ta’kidladi Sariush-Volskiy Polsha radiosi efirida.

Rossiya tomon doimiy ravishda g‘arbda barcha muammolarda Rossiyani ayblash urfga aylanayotganligi to‘g‘risida ta’kidlab kelmoqda.