Polsha SSSRni jahon urushini boshlaganlikda aybladi

Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy SSSR va Germaniya Ikkinchi jahon urushi boshlanishida javobgar ekanini ta’kidladi. Bu haqda 1 sentyabr kuni TASS xabar berdi.
“Bu nafaqat ommaviy, balki totalitar urush edi. Sababi, uni ikki totalitar tizim boshlab berdi. G‘oyasi bo‘yicha totalitar, destruktiv, bosqinchi va mubolag‘asiz jinoiy (tizimlar)”, dedi Bosh vazir.

2020 yilning yanvar oyida Polsha Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shimon Shinkovskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni xolokost haqidagi bor haqiqatni aytib berishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi o‘z maqolasida Polshani nohaq Ikkinchi jahon urushini boshlagan davlatlar qatoriga qo‘shgan.