“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerakmi?
- 10.02.2022 10:04
- 455
- O‘zbekiston
Keyingi paytlarda xalq o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqala boshladi.
Davlat xizmatlari agentligi vaziyatga aniqlik kiritdi.
"Aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. Bunda Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar kabi ortiqcha byurokratiyasiz, soddalashtirilgan tartib amal qiladi.
Ya’ni, qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi (bugunda 189 000 so‘m) miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim", deyiladi vazirlik bayonotida.