Prezident iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toyloq tumanidagi “Pet Agro Oil” qo‘shma korxonasida bo‘lib, yog‘-moy ishlab chiqarish texnologiyasini ko‘zdan kechirdi.

Korxona 2017 yilda Shimoliy Irlandiyaning “Nortec Estate LLP” kompaniyasi hamda O‘zbekistonning “Tony Green” firmasi tomonidan tashkil etilgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish va qadoqlashga ixtisoslashgan. Italiya, Avstriya, Turkiya, Shveysariya, Hindiston, Bolgariya va Xitoy davlatlaridan 7 million dollarga zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan.

Bugungi kunda korxona faoliyatini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada kuniga 350 tonna o‘simlik yog‘i, 3 ming tonna tomat pastasi, 2 ming 500 tonna olma konsentrati ishlab chiqariladi. Korxona to‘liq quvvat bilan ishlagach 800 nafar mahalliy aholining bandligi ta’minlanadi.

Shu yerda Samarqand viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalariga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

2019 yilda viloyatda 355 million dollar investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. O‘zbekistonning Xitoy, Turkiya va Ispaniyadagi elchixonalari hamda Gretsiyadagi konsulxonasi viloyat tumanlariga biriktirilgan.

Ushbu vakolatxonalar rahbarlari mahalliy hokimliklar bilan birga shakllantirilgan investitsiya loyihalarini taqdim etdi.

Shuningdek, “Azia Metall Prof” qo‘shma korxonasi tomonidan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida tunukani rux bilan qoplash, qayta ishlash va polimerizatsiyalashni tashkil etish, 4 ming 300 gektar maydonga intensiv bog‘ yaratish, paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil qilish, tomchilatib sug‘orish, parrandachilikni rivojlantirish

Davlatimiz rahbariga Xitoyning “Henan Wanbang Selected Supply Chain Management Co. LTD” kompaniyasi tomonidan chorvachilik klasterini qurish bo‘yicha loyiha konsepsiyasi, Bulung‘ur, Jomboy va Payariq tumanlarida chorvachilik klasteriga tanlangan yer maydonlari, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va “Tomorqa xizmati” MChJlar faoliyatini kengaytirish vazifalari haqida ma’lumot berildi.

 

O‘zA.