Prezident pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga qancha mablag‘ sarflanganini aytdi

19 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Koronavirus pandemiyasi ko‘pgina rejalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Lekin qabul qilingan qarorlar va o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida joriy yilgi byudjet parametlari ijrosi ta’minlanmoqda. Bu esa pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga 13,4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirishga imkon berdi.

Davlat rahbari kelgusi yilgi byudjetni rejalashtirishda pandemiyaning davom etishi, jahondagi iqtisodiy faollik pasayishini inobatga olish kerakligini ta’kidladi.