Prezident saylovini yoritish uchun 50 ga yaqin xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi

Tashqi ishlar vazirligida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritilishi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tashqi ishlar vazirligi va Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati va mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Yusup Qobuljonov O‘zbekiston muhim siyosiy voqea – 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi arafasida turganini qayd etdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Tashqi ishlar vazirligining tavsiyasi asosida 50 ga yaqin xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazdi.

Davra suhbati doirasida xorijiy jurnalistlarga akkreditatsiya kartalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.