Professor Pirnazar Davronov shaxsiy jamg‘armasidan 4 million so‘m mablag‘ni iqtidorli o‘quvchilarga tuhfa qildi

Samarqandlik matematik olim, professor, O’zLiDeP faoli Pirnazar Davronov fidoyi yurtdoshlarimizdan biri. U mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohatlarning xayrixohlaridan biri.

Professor o‘zi tavallud topgan Nurobod tumani Jom QFY hududida "Maktab yoshlari ichidan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularga ko‘maklashish assotsiatsiyasi"ni tashkil etdi.

Yaqinda ushbu assotsiatsiya tomonidan “Professor Davronov izdoshlari” fan olimpiadalari o‘tkazildi. Unda hududdagi 14 ta maktabdan 235 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishdi. Olimpiadada partiya faolining shaxsiy jamg‘armasidan  1-2-3-o‘rinni egallagan 30 nafar iqtidorli o‘quvchilarning har biriga 100 000 so‘mdan pul mukofoti va sertifikatlar, jami 4 million so‘m miqdordagi pul mukofotlari taqdim etildi.

Baxtigul Qarshiyeva,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi matbuot kotibi.