Putin maktablar to‘liq yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiyada kunduzgi ta’limni masofadan o‘qitish tizimiga o‘tish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.

«Maktablar yopilib, kelgusida masofaviy ta’lim shakliga o‘tilishi haqidagi gap-so‘zlar jiddiy asosga ega emas», dedi Putin.

Shu bilan birga, texnik jarayonni to‘xtatish mumkin emasligini, buning foydasi yo‘qligi, balki zarar ekanini, "birini boshqasi bilan almashtirib bo‘lmasligini" alohida ta’kidlab o‘tdi.

Rossiyadagi maktablar pandemiya sabab 17 martdan masofaviy ta’limga o‘tgan edi, 1 cyentyabrdan an’anaviy ta’lim tiklandi.

Koronavirus tarqalishi avj olavergach, Moskva shahri maktablarida 2 haftaga – 5 oktyabrdan 18 oktyabrgacha ta’til berildi.