Putin Rossiyada yashash qiyinlashib borayotganini tan oldi

Bugun teleefir orqali rossiyaliklar bilan bevosita muloqot o‘tkazayotgan prezident Putin, o‘ziga yo‘llanayotgan savollar va murojaatlarga javob berar ekan  Rossiyada yashash qiyinlashib borayotganini tan oldi.

Boshlovchi murojaat yo‘llagan fuqarolardan birining "Hayot kundan-kun og‘ir bo‘lib borayapti, bunga nima deysiz? degan savolini o‘qib berganda Putin bu savolga javoban "To‘g‘ri, haqiqatdan shunday" deb javob bergan.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bundan bir necha yil oldingi voqealar Rossiyada aholi turmush darajasining tushib ketishiga sabab bo‘lgan. Endi hozir o‘sha holatdan chiqib ketish va aholining real daromadlarini oshirish ustida ishlar olib borilmoqda.

U rossiyaliklarning asosiy daromadlari kreditlarni to‘lashga sarflanayotganini aytgan. Ammo 2013 yildan boshlab o‘rtacha ish haqi 45 ming rublga yetgan.

Putin bu raqamlardan xafa bo‘lishga urinmadi, deyiladi xabarda.