Qayerdaligi noma’lum bo‘lgan dunyodagi eng yirik xazinalar

Jahonga ma’lum va mashhur bo‘lgan ayrim xazinalar asrlar davomida minglab dafna izlovchilarni aqldan ozdirib keladi. Ular oltin, qimmatbaho san’at asarlari, qadimgi artefaktlar, ya’ni topilmalarni izlashga juda katta mablag‘ sarflashadi. Quyida hozirda qayerdaligi noma’lum bo‘lgan dunyodagi eng yirik xazinalar haqida bilib oling.

Qadimiy mis taxtachalar bebaho xazinalarga ishorami?

Isroilning Xirbet-Kumron hududida 1946-1956 yillar orasida topilgan, 981 varaqdan iborat mis taxtachalar qadimda «O‘lik dengiz o‘ramlari» nomi bilan tanilgan topilmaning bir qismi hisoblanadi. Tarixchilarning ta’kidlashicha, ularda qadimgi xazinalarning xaritasi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. «O‘lik dengiz o‘ramlari»ning topilgan qismi yupqa mis taxtachalarga bitilgan. Ammo qolgani pergament yoki papirus qog‘ozlarga yozilgan deb hisoblanib kelingan.

10 величайших потерянных сокровищ, которые ищут по сей день

Mis taxtachalardagi yozuvlar bir necha yuz yillar ilgari ishlatilgan ivrit tilida bo‘lib, boshqa topilmalardagi yozuvdan butunlay farq qiladi. Unda jahonning 60 dan ortiq hududlarida yashirilgan oltin va kumush xazinalar haqida qayd etilgan. Ammo ko‘rsatilgan joylardan biror narsa topilmagan bo‘lsa-da, xazina izlovchilar ularni topishdan umid uzganlari yo‘q.

«Kardenio tarixi» Sheksperning noma’lum asarimi?

Bugungi kunda ko‘pchilik ingliz yozuvchisi U.Shekspirning bizgacha yetib kelmagan «Sevgining g‘olibona yurishlari» nomli pesasi haqida eshitgan bo‘lsa-da, ammo uning "Kardeno tarixi" pesasi to‘g‘risida deyarli bilishmaydi. Chunki mazkur asar yana bir ingliz ijodkori D.Fletcher bilan hammualliflikda yozilgan. Tarixdan ma’lum bo‘lishicha, "Kardeno tarixi" 1613 yilda Sheksper truppasi aktyorlari tomonidan bir necha marta sahnada namoyish etilgan ekan. Ammo pesaning qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, uni qidirib yurganlar orasida asarning bebaho ekanligini biladiganlar kam emas.

Arximedning ixtirosi qayerda?

Leonardo da Vinchi Arximedni Qadimgi Gretsiyaning buyuk ixtirochisi deb atagan. Uning «Evrika» xitobi haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Shuningdek, uning planetariyni, ya’ni Yerdan turib quyosh, oy va boshqa sayyoralarning harakatini kuzatish mumkin bo‘lgan uskunani kashf qilganligini ham bilishadi. Ammo planetariyga taalluqli bo‘lgan «Antikiter mexanizmi» olimlar o‘rtasida juda mashhur bo‘lsa ham uning yasalish tarixi hech kimga ma’lum emas. Arximed ixtirolarining chizmalari bizgacha yetib kelmagan. Ammo topilishiga umid bo‘lmasa ham iztoparlar ularni hamon izlashadi.

Lima xazinasi rostdan ham bebahomi?

Kosta Rika qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Kokos orolchasida umumiy bahosi 300 million dollarlik xazina yashirilgan. Mahalliy katoliklar ibodatxonasidan olingan ma’lumotlarda xazina Janubiy Amerikadan keltirilgan 113 ta diniy haykalchalar, ilohiy «Beva Mariya»ning odam bo‘yi haykali, 200 sandiqda qimmatbaho taqinchoqlar, 273 dona dastasi olmos toshlar bilan bezatilgan qilichlar, 1000 ta brilliant, oltin tojlar, oltin va kumushdan yasalgan 150 ta idish va quymalardan iborat bo‘lganligi ta’kidlangan.

Afsonalarga ko‘ra, bu boyliklar britaniyalik savdogar Uilyam Tompsonga saqlab qo‘yish uchun berilgan. Ibodatxona ruhoniylari savdogardan xazinani ispan kaloniyalaridagi qo‘zg‘alonlar bosilgunga qadar bir necha oy davomida o‘z kemasida saqlab turishini istashgan. Tompson va uning jamoasi esa boyliklarga ega bo‘lish maqsadida soqchilarni o‘ldirib, yashirincha Kokos oroliga ko‘mib qo‘yishgan. Ammo kema ispan harbiylari Tompson va uning yordamchisidan boshqa barcha dengizchilarni qaroqchiligi uchun qatl qilishgan. Ingliz savdogari omon qolishi evaziga xazina ko‘milgan joyni ko‘rsatishga va’da bergan. Ammo yo‘lda jungliga qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng na Tompsonni, na u yashirgan xazinani hech kim ko‘rmagan.

Iskabtopar arxeopteriks hayvonmi yoki qush?

Arxeopteriks - dinozavr bilan qushlar o‘rtasidagi hayvon bo‘lib eng qadimiy jonzotlar turiga mansub. Hozirgacha, uning faqatgina 11 dona suyagi topilgan bo‘lib, qimmatli topilma sifatida qadrlanadi. Qator yillardan buyon uni paleontolog hamda ornitolog olimlar o‘z sohasiga taalluqli deb hisoblashadi.

1956 yilda Germaniyada E.Opiщ ismli tadbirkorga tegishli konlarning birida ishlayotgan tosh kesuvchilar tomonidan topilgan suyaklarga Maksberg deb nom berilgan. Bu qadimiy ashyo arxeopteriksga tegishli uchinchi suyak edi. E.Opiщ ularni o‘rganish uchun muzeyga topshirdi. Uning qimmatli ekanligini bilgach, katta mablag‘ evaziga pullamoqchi bo‘ldi. Keyinchalik daromad soliqlari baland ekanligini bilgach, fikridan qaytib uyida saqlashga qaror qildi. Ammo uning o‘limidan so‘ng bebaho Maksberg namunasi g‘oyib bo‘ldi. Uni haligacha hech kim topa olgani yo‘q.

«Qayg‘u kechasi» xazinasi

1520 yil 30 iyun kuni Ernan Kortes va uning qo‘shini atsteklar poytaxti Tenochtitlan shahri yonida g‘azabnok hindular qurshovida qolishadi. Chunki ispanlar ularning yo‘lboshchisini o‘ldirganligi uchun qo‘zg‘olon ko‘tarishgandi. Tun yarmidan oshgach, Kortes askarlari bilan atsteklarning qimmatbaho xazinasini o‘g‘irlab, shahardan qochmoqchi bo‘lishdi. Ammo soqchilar ularni sezib qolib, shovqin ko‘tarib yuborishdi. Shafqatsiz jang tufayli ispan qo‘shinining teng yarmi qirib tashlandi. Tarixga «Qayg‘u kechasi» deb nom olgan tunda ispan istilochisi Kortes nafaqat harbiy qurol-aslaha va askarlar, balki shu paytgacha qo‘lga kiritgan barcha boyliklarining ham yarmini boy berdi.

Aytishlaricha, bu xazina atsteklar tomonidan atrofdagi tepaliklardan biriga ko‘mib tashlangan ekan. Ammo Shimoliy va Janubiy Amerikadan olib ketilgan xazinaning teng yarmi haligacha topilgani yo‘q. Uni izlayotganlar esa son-sanoqsiz...

Dyushanning «Favvora»si mo‘yqalam san’atiga qarshi

Kelib chiqishi fransuz bo‘lgan amerikalik Marsel Dyushan XX asrning iste’dodli rassomlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, uning 1917 yilda ishlagan «Favvora» asari juda mashhur. R.Matt taxallusi bilan yaratilgan manzkur asarda favvora yon tomonga suv sochayotgan holatda chizilgan. Dyushan oddiy, tashlandiq bo‘lgan unsurlardan ajoyib san’at asarlari yaratib o‘ziga xos "readymades" yo‘nalishini yaratdi. Bu bilan san’atning qolipga solingan odatlariga qarshi chiqdi. Qizig‘i, rassomning ko‘plab asarlari saqlanib qolgan bo‘lsa-da, aynan ko‘p ming sonli san’at ishqibozlari dom-daraksiz g‘oyib bo‘lgan «Favvora»ni izlash bilan ovora.

Suv ostidagi «Pekinlik odam»

Insoniyat tarixida eng noyob qazilmalardan biri 1920 yilda Xitoyda topilgan inson bosh suyagi hisoblanadi. Olimlarning fikricha, sinantrop, ya’ni «Pekinlik odam» deb nomlangan ushbu suyak 500 000 yil yashagan gominidga tegishli ekan. Tekshiruvlar ajdodlarimiz vakilini kattaligi sherday keladigan qadimgi giyen (bo‘ri)lar tomonidan o‘ldirilganligini aniqladi. Izlanishlar olib borish uchun Pekinga jo‘natilgan suyak Ikkinchi jahon urushi davrida yo‘qolib qoldi. Aniqrog‘i, 1941 yilning sentyabrida xitoylik tadqiqotchi olim Xu Chenchji AQShga olib ketayotganda okeanda kema cho‘ktirib yuborilgan.

Leonardoning chala asari qayerda?

«Angiari yonidagi jang» asarida 1440 yilda Angiari yonida bo‘lib o‘tgan jangda qatnashayotgan to‘rtta chavandoz tasvirlangan. 1505 yilda Leonardo da Vinchi tomonidan ishlangan mazkur yirik asar Rimdagi «Besh yuz zal» nomli inshootni bezab turishi kerak edi. Ammo nima uchundir da Vinchi asarni tugatishni istamaydi. Rim rasmiylari boshqa bir rassom J.Vazariga zalga «Marchianodagi jang» nomli freska (rangli oyna parchalaridan surat) yasashni topshiradi. Va, shu bilan buyuk rassom chizgan chala asar butunlay g‘oyib bo‘ladi. Asrlar davomida uning qayerda ekanligini hech kim bilmaydi. Ammo tasodif tufayli asar topiladi. Olimlar Vinchining chala qolgan ijodi mahsuli aynan Vazarining «Marchianodagi jang» asari ostida qolib ketgan ekan.

Dilmurod TO‘XTAYeV  tarjimasi.