Qarnabota yo‘lida ta’mirlash ishlari boshlandi
Paxtachi tumanidan Qarnabota qishlog‘igacha boruvchi 30 kilometrlik yo‘l yillar davomida yog‘ingarchilik, sizot suvlari ta’sirida, e’tiborsizlik oqibatida yomon ahvolga kelib qolgandi. Bu esa nafaqat qishloq aholisining, balki shu yo‘llan qatnovchi transport haydovchilarining ham e’tiroziga sabab bo‘layotgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019 yil 26 iyulda Samarqandga tashrifi chog‘ida bu yo‘lni ta’mirlash yuzasidan topshiriqlar bergan edi. Senator F.Toshev ushbu masala bilan qiziqib, Vazirlar Mahkamasiga deputatlik so‘rovi yuborgandi. O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Nazarov imzosi bilan kelgan javob xatida, jumladan, quyidagilar ta’kidlangan.
M37 avtoyo‘lidan Qarnabota qishlog‘igacha bo‘lgan yo‘lning kapital ta’miri loyiha-smetasi “Yo‘l loyiha byurosi” MChJ tomonidan olti bosqichga bo‘lib ishlab chiqildi. Ob’yektning umumiy qiymati 106,1 milliard so‘mni tashkil etadi.
Birinchi bosqichda yo‘lning 5 kilometr qismini kapital ta’mirlash 2020 yil dasturiga kiritilgan va unga mablag‘ ajratilgan, yil oxirigacha ishlar nihoyasiga yetkaziladi