Qarzdor otadan 40 million so‘m aliment undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining 2014 yil 14 apreldagi qaroriga asosan qarzdor V.X.dan undiruvchi Sh.Ya.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun to‘rtdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Qarzdor V.X.ning aliment qarzdorligi qayta hisob-kitob qilinganda bugungi kunga kelib 40 million so‘m bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu qarzdorlikni to‘lashlik uchun qarzdor bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar natijasida qarzdor alimentni to‘liq to‘lash istagi borligini bildirdi va shu kuni 40 million so‘mni to‘lab berdi.
Sa’dulla BURXONOV,
MIB Bulung‘ur tumani bo‘limi davlat ijrochisi.