Qashqadaryoda do‘konlarni buzdirayotgan tuman hokimi o‘rinbosari yoqib yuborildi
- 23.07.2019 14:37
- 1509
- Jamiyat
Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev (1976 yilda tug‘ilgan, suratda) “Hisor Sarlochin” kompaniyasiga tegishli savdo do‘konlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda, mazkur jamiyatda ishlovchi fuqaro B.I. (1963 yilda tug‘ilgan) o‘ziga tegishli savdo do‘konini buzilishiga faol qarshilik ko‘rsatib, Tuymayevning yuziga yelim idishda bo‘lgan benzinni sepib, uni yoqib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
Matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa oqibatda tuman hokimi o‘rinbosari tanasining 35-40 foizi kuyib, shifoxonaga yotqizilgan. Fuqaro B.I.ga nisbatan esa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa