Qat’iyat uchun mukofotga “Hundai” mashinasi
69 yoshli Janubiy koreyalik ayol Chxa Sa Sun 2010 yilda haydovchilik guvohnomasi oldi. Gap shundaki, buning uchun 2005 yilda kirishgan edi. Ammo imtihonining nazariy qismini topshirish uchun qayta-qayta 950 marta urinishga to‘g‘ri keldi.
Bu qat’iyati tufayli ayol milliy qahramonga aylandi. “Hundai” kompaniyasi esa unga mashina sovg‘a qildi.
“Hayot” jurnalining hayoti
1936 yilda birinchi soni chiqqan Life (“Hayot”) jurnali faoliyatini “Hayot boshlandi!” sarlavhasi ostida yangi tug‘ilgan Jorj Stori nomli bola surati bilan boshlagan edi.
Shundan keyin jurnal hayotidan u qanday voyaga yetdi, uylandi, farzandlar ko‘rdi, mavqega erishdi, ocherklar berib bordi. 2000 yil mart oyida jurnal tez orada yopilishini ma’lum qildi. Tasodifni qarangki, bir oydan keyin Jorj Stori 64 yoshida vafot etdi. Jurnalning so‘ngui soni “Hayot tug‘adi” sarlavha ostida chiqdi.
11 yoshli daroz
Xitoyda sayyoramizdagi eng baland bo‘yli qiz yashaydi. 6-sinfda o‘qiyotgan Chjan Sziyuning bo‘yi 2 metr 8 santimetr – AQSh basketbol assotsiatsiyasida o‘ynayotgan ko‘pchilik basketbolchilardan baland.
Tengdoshlari orasida yaqqol ko‘zga tashlanadigan qiz, "basketbolchi" Chjanning bo‘ychanligi ularga hech qanday tashvish tug‘dirayotgani yo‘q.
Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.