Qaysi tashkilotlar davlat xizmati ko‘rsatishda qonunni ko‘p buzgan?
Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Qurbonovning bugun viloyat Matbuot uyida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, joriy yilning 9 oyida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 9 347 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Shundan, 8 651 holatda davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari buzilgan, 29 holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmatlari ko‘rsatilgan, 242 holatda ortiqcha hujjat talab qilingan, 277 holatda asossiz rad etilgan va 119 holatda boshqa qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilgan.
Qonun buzilish holatlari sohalar kesimida tahlil qilinganda:
Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan 2407 ta;
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan 1784 ta;
“Samarqand suv ta’minoti” MChJ va uning tuman (shahar) filiallari tomonidan 1 277 ta;
Qurilish va arxitektura idoralari tomonidan 714 ta;
Davlat soliq idoralari tomonidan 488 ta;
“O‘zbekenergo” AJ tomonidan 688 ta;
“O‘ztransgaz” AK tomonidan 457 ta;
Tuman (shahar) hokimliklari - 133 ta;
“O‘ztelekom” AKning viloyat filiali - 100 ta;
IIB idoralari tomonidan 78 ta;
viloyat madaniy meros boshqarmasi - 73 ta;
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limlari - 65 ta;
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari - 56 ta;
Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi organlari tomonidan 50 ta;
Moliya idoralari tomonidan 40 ta;
Boshqa nazorat qiluvchi idoralar tomonidan 71 ta va shu kabi boshqa sohalarda 686 ta qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha vakolatli idoralar rahbarlari nomiga 36 ta taqdimnoma va 358 ta ogohnoma kiritildi. Shuningdek, 208 nafar aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka va 107 nafari intizomiy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.
O‘.Xudoyberdiyev.