Samarqandda qimorxona ochgan shaxsga chiqarilgan hukm o‘zgartirilmadi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi Doniyor Ro‘ziyevga (ism-familiyalar shartli) nisbatan 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.

D.Ro‘ziyevning arizasiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi  kassatsiya instansiyasi sudlov hay’ati B.Aliqulov raisligida, hay’at sudyalari G‘.Negmatov va M.To‘xtayevlardan iborat tarkibda kassatsiya tartibida ko‘rib chiqildi.Tabiiy savol tug‘iladi, Samarqand shahrida yashovchi 46 yoshli bu fuqaro nega 3,5 yil umrini qamoqda o‘tkazish bilan jazolandi?

Ish hujjatlariga ko‘ra, u moddiy manfaat ko‘rish maqsadida o‘zining yashash uyi hisoblangan Samarqand shahar Kogon ko‘chasi 11-uyning mehmonxonasida tanishlariga qarta o‘yini o‘ynashlari uchun sharoit yaratib bergan. Ya’ni, qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil etgan.

Bu ishi uchun panjara ortiga tushgach, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilaviy sharoitini, oilada yagona boquvchi ekanligini, qaramog‘ida 4 nafar farzandlari borligini, turmush o‘rtog‘ining hech qayerda ishlamasligini bildirib, ozodlikni cheklash jazoni axloq tuzatish ishi jazosiga o‘zgartirish haqida ishni kassatsiya tartibida qo‘rib chiqishni so‘ragan.Sudlov hay’ati, shikoyatdagi vajlar sud hukmini o‘zgartirish yoki bekor qilishga asos bo‘la olmasligi sababli sud hukmini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topdi.

O.QODIROV,
jinoyat ishlari buyicha Samarqand viloyati sudi sudyasi katta yordamchisi.