Qirg‘iziston 30 iyulni koronavirus qurbonlari xotirasi uchun milliy motam kuni deb e’lon qildi

Bu haqda mamlakat Prezidenti Sooronbay Jeenbekov ma’lum qildi.

“O‘ttizinchi iyul sanasi mamlakat bo‘ylab milliy motam kuni deb e’lon qilinadi. Bunga oid buyruq tayyorlanadi,” deb ta’kidladi davlat rahbari “Birinchi radio” davlat radiostansiyasiga bergan intervyuda.

Shu bilan birga, Qirg‘iziston rahbari koronavirus infeksiyasi oqibatida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga o‘zining chuqur taziyasini izhor etdi.

“Vafot etgan vatandoshlarimning oila a’zolariga, yana bir bor o‘zimning chuqur ta’ziyamni izhor etaman. Yaqinlarini yo‘qotgan har bir vatandoshimga sabr toqat tilayman...”, dedi mamlakat yetakchisi.

Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda 25 iyul holatiga 31 247 nafar koronavirus yuqtirganlik holati aniqlangan. 1249 nafar bemor vafot etgan.