Qirg‘izistonda “Manas” dostonini ijro etish uchun jamlangan bolalar ustiga yurib ketgan avtoulov holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- 03.05.2024 12:02
- 133
- Xorij
Bir kun avval Qirg‘izistonning Suzoq tumanida YTH sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unda "Hyundai Porter" mini-yuk mashinasi respublika tanlovi doirasida “Manas” dostonini ijro etish uchun jamlangan bolalarni bosib ketdi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, haydovchi mashinani to‘xtatib qo‘ygan, lekin dvigatelni o‘chirmagan, shu sababli u harakatlana boshlagan va ommaviy tadbir qatnashchilari ustiga harakatlangan. 20 nafar bola kasalxonaga yotqizilgan, 5 nafari reanimatsiyada. Bu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Vazirlik buyrug‘i bilan mamlakat bo‘ylab “Uraanym Manas” tanlovi doirasidagi barcha tadbirlar bekor qilingan.
Teglar:
Qirg‘iziston