Qirg‘izistonda saylov natijalaridan norozi bo‘lgan partiya a’zolari namoyish o‘tkazdi

«24.kg» xabar berishicha, kecha, 11 aprel kuni Qirg‘izistonda Markaziy saylov komissiyasi binosi oldida namoyishchilar saylov natijalarini bekor qilishni talab qilib, namoyish o‘tkazgan.

Ishtirokchilar saylov natijalariga ko‘ra «Islohot», «Butun Qirg‘iziston», Sotsial-Demokratlar, Qirg‘iziston sotsialistik partiyasi, Qirg‘iziston kommunistlari partiyasi, «Ulutman», «Tinchlik» partiyasining Bishkek shahar kengashida saylovdan o‘tolmagan 70 ga yaqin partiya vakillari bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, namoyishchilar saylovda ommaviy qonunbuzarliklar: pora berish, ma’muriy resursdan foydalanishga yo‘l qo‘yilganini ta’kidlab, mahalliy kengashlarga saylov natijalarini bekor qilishni talab qilgan.

«Islohot» partiyasi dastlabki saylov natijalari e’lon qilingandan so‘ng ovoz berish natijalarini tan olmasligini ta’kidlagan.

Partiya guruhlari rahbarlari bugun, 12 aprel kuni yana ommaviy namoyish o‘tkazishni kelishib olgan.