Qirg‘izistonda so‘nggi kecha-kunduzda koronavirus infeksiyasi oqibatida 18 kishi vafot etdi
- 30.07.2020 09:12
- 39
- COVID-19
Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni so‘nggi kecha-kunduzda 548 nafarga ko‘paydi, 18 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda 29 iyul kuni Koronavirusga qarshi kurashish respublika shtabi RIA Novostiga ma’lum qildi.
“2020 yil 29 iyul kuni respublika bo‘ylab 548 nafar yangi koronavirus holati aniqlandi, ulardan 118 nafari Bishkekda”, deb ta’kidladi shtab vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 1047 nafar bemor tuzalgan. Shuningdek, yangi kasallanganlarning 20 nafari tibbiy xodim ekanligi aytildi. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 2711 nafar tibbiy xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.