Qo‘qonda bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
- 29.10.2019 09:25
- 62
- Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ushbu hodisa yuzasidan bayonot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yil 28 oktyabr kuni soat 15:00larda Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasida yashovchi N.G‘. (1967 yilda tug‘ilgan, tadbirkor) turmush o‘rtog‘i va 1 nafar o‘g‘li yashash uyida xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
is gazi