“Qoradori-2020” tezkor-profilaktik tadbirida urgutliklar “peshqadam” bo‘ldi

2020 yil 5 avgust kuni Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan olingan ma’lumotga asosan, Urgut tumani Ko‘tarma mahallasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan N.J.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yashash uyi hovlisida 5 metr kvadrat yer maydoniga balandligi 4 metr bo‘lgan jami 12 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, xonadonni ko‘zdan kechirish davomida uyining tomidan og‘irligi taxminan 6 kilogramm bo‘lgan marixuanna giyohvandlik moddasi va yashash uyi ichkarisidan og‘irligi taxminan 100 gramm bo‘lgan kannabis giyohvandlik o‘simligi urug‘lari borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

Shuningdek, Urgut tumani Mirzobog‘lon-Chep mahallasida yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan, oilali 7 nafar farzandi bor, Z.O. ismli ayolning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yashash uyi hovlisida ekilgan pomidor o‘simligining ichidan 12 tup, uzumzori ichidan 4 tup hamda og‘ilxonasidan 3 tup, jami 19 tup balandligi 1,50 sm bo‘lgan “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida belgilangan tartibda daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirilib olindi.

Shu kuni Beshyog‘och mahallasida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan, T.R.ning yashash xonadonining uzumzori ichida 15 tup hamda hovlisida ekilgan olma daraxti ostida 1  tup jami 16 tup bo‘yining balandligi 1 metr bo‘lgan, “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.

Barcha holatlar yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.