Qoratoshning qizil olmasini yemabsiz, bu dunyoga kelmabsiz

Bu Qo‘shrabotning Qoratosh qishlog‘ida yashovchilarning gapi. Qishloq oralab borar ekanmiz, "Bu ham bir gap-da, hamma o‘zining qishlog‘ini, yetishtirgan meva-chevasini maqtaydi-da", deb o‘yladik. Ammo shu qishloqda yashovchi Sadriddin Xoldorov xonadonida yetishtirilgan olmalarni ko‘rib, ta’mini tatib bu gapning rostligiga ishondik.

Sadriddin aka 12 sotixlik tomorqasida 40 tup olma daraxtini parvarishlamoqda. Ayni paytda hosil pishib yetilgan.

- Mo‘’jaz bog‘imizda olmaning ’’Nafis’’ navini yetishtiramiz,  - deydi S.Xoldorov. - Bir yilda bir tonnadan ziyod hosil olinib, 10 million so‘m atrofida daromad olyapmiz. Xaridorlarimiz olmaning har kilosini 5 ming so‘mdan xarid qilishadi, tag‘in deng, daraxtdan o‘zlari terib ketishadi. O‘zim ham, turmush o‘rtog‘im ham o‘qituvchi. Bo‘sh vaqtimizda tomorqada mehnat qilamiz.

To‘lqin Siddiq.