Qo‘rg‘on qishlog‘ida bahor baxshi bog‘idan boshlandi
- 01.03.2020 11:34
- 363
- Madaniyat
Qo‘shrabotda “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari doirasidagi tadbirlar boshlandi.
Unda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etmoqda.
Tadbir Ergash Jumanbulbul o‘g‘li maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi. Qur’on tilovat qilinib, baxshi xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li haykali poyiga gullar qo‘yildi.
Ta’kidlash lozimki, ayni paytda baxshi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li tug‘ilib o‘sgan Qo‘rg‘on qishlog‘i markazida bayramona shukuh hukmron. Baxshi-shoirning bir paytlar pastqam, ko‘rimsiz bo‘lgan uy-muzeyi o‘rnida bugun go‘zal manzara kasb etgan muqaddas ziyoratgoh paydo bo‘lgan. Majmuada Ergash Jumanbulbul o‘g‘li maqbarasi, haykali va memorial muzeyi o‘rin olgan.
Tadbirda respublikamizning taniqli baxshilari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shoir va yozuvchilar, san’atkorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
To‘lqin Siddiqov.