Qo‘shma Shtatlarda o‘lim jazosiga moratoriy e’lon qilindi
- 02.07.2021 09:39
- 86
- Samarqand
AQSh Bosh prokurori Merrik Garland federal darajada o‘lim jazosini ijro etishga moratoriy e’lon qildi.
Moratoriy Adliya vazirligining tegishli protseduralari tekshirilguncha davom etadi.
"Adliya vazirligi federal jinoiy tizimda har bir shaxsga nafaqat AQSh Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq huquqlar berilishini, balki adolatli va insonparvar munosabatni ham ta’minlashi kerak" dedi Bosh prokuror.
Qo‘shma Shtatlarda federal darajada o‘lim jazosiga ruxsat berilgan, ammo 23 ta shtat, shuningdek poytaxt va Puerto-Riko mahalliy darajada o‘lim jazosidan voz kechgan.
O‘lim jazosi to‘g‘risidagi axborot markazi ( (Death Penalty Information Center)ning ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon uch marta qatl ijro etildi, 2020 yilda 17 kishi qatl etilgan edi. Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil oktyabr oyida Qo‘shma Shtatlarda o‘limga mahkum etilganlar soni 2,5 ming kishidan oshgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!