Qo‘shrabotda OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi

Bugun Qo‘shrabot tumanida viloyat hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.

Tadbir tumandagi ’’Sartoqchi marmar’’ xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Korxonaga xorijdan 180 ming dollarlik marmar kesuvchi uskunalar keltirilib, qurilish mahsulotlari tayyorlanmoqda.

So‘ng jurnalistlar qo‘shrabotlik tadbirkorlar tomonidan bunyod etilgan, uzumni quritishga mo‘ljallangan zamonaviy ayvonlarni ko‘zdan kechirishdi.

To‘lqin SIDDIQOV.