Qo‘shrabotlik Mohina testda maksimal ball oldi
- 07.08.2019 14:14
- 3150
- Ta’lim
Qo‘shrabot tumanining Jo‘sh qishlog‘ida tug‘ilgan Abdulhakimova Mohina Farhod qizi test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng maksimal ball – 189,0 ball to‘plab, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishida birinchi, Toshkent moliya institutining moliya ta’lim yo‘nalishida – ikkinchi va shu institutning iqtisodiyot yo‘nalishida uchinchi o‘rinni egalladi.
Mohina chet tili (ingliz tili) bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan va u mazkur ta’lim yo‘nalishlari fanlar blogida ikkinchi hisoblangan chet tilidan test topshirmagan. Lekin birinchi (matematika) hamda ikkinchi (ona tili va adabiyot) blok fanlaridan ham 60 ta savolning barchasiga to‘g‘ri javob bergan.
Teglar:
test sinovlari