Qo‘shrabotliklar bojxona postlari orqali qanday mahsulotlarni olib kirishyapti?

Bugun yo‘lovchilar chegara bojxona posti orqali yurtimizga tovarlarni olib kirish va olib chiqish tartibini yoki taqiqlangan tovarlar nimalar ekanini bilishadimi? Ular tomonidan qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilyapti?
Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Qo‘shrabotdagi 88-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan davra suhbatida ana shu savollarga javob berildi.
Davra suhbatida mahallalar ahli, o‘qituvchilar, ota-onalar ishtirok etdi va ularga bojxona postlarida aniqlangan huquqbuzarlik hamda yo‘lovchilar tomonidan eng ko‘p yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlari yuzasidan ma’lumot berildi.
Xususan, joriy yilning 9 oy davomida boshqarma tomonidan 721 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, 15 milliard 704,3 million so‘mlik tovarlar ushlab qolingan. Hisobot davrida 23 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, boshqarma tomonidan yil boshidan jami 847 ta huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlari o‘tkazilgan.
Tadbirda tadbirkorlar va jismoniy shaxslar iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasining qisqa 11-08 raqamli va viloyat bojxona boshqarmasining (66)-233-63-00 raqamli “Ishonch telefoni” 24 soat davomida ishlashi yo‘lga qo‘yilganligi eslatib o‘tildi.
Farhod Ahrorov,
Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi
bosh inspektor-surishtiruvchisi.