Qo‘shrabotliklarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Qo‘shrabot tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi Zarmitan, Zarkent, Mayintepa hamda Boyto‘p mahallalari aholisiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
Tadbir joriy yilning 16 noyabr kuni soat 09:00 dan soat 14:00 ga qadar Zarmitan mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkaziladi.
Sayyor xizmatlar davomida:
- elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash, elektr ta’minoti shartnomasini tuzish;
- fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish;
- tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
- jismoniy shaxslarning soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
- jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish;
- davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga ariza olish va joylashtirish uchun yo‘llanmalar berish kabi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.