Qozog‘istonda fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Olmaotada o‘tkazilgan reyd davomida fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan 16 nafar ayol qo‘lga olingan.

Qo‘lga olingan ayollarning 4 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yengiltabiat ayollar shahardagi mehmonxonalarda mijozlariga xizmat ko‘rsatgan.

Hozirda ularga nisbatan Qozog‘iston Ma’muriy kodeksining 450-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonlik ayollar esa yaqin kunlarda yurtimizga qaytarib yuboriladi.