Qozog‘istonlik tadbirkorni 220 million so‘mga chuv tushirgan fuqaro ushlandi

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2019 yil sentyabr oyida Qarshi shahrida yashovchi fuqaro, 35 yoshli G.D. chorva mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan 44 yoshli N.Ye. bilan 40 bosh qora mollarning har birini 6,5 million so‘mdan sotib olishga kelishgan.

Pullarini 10 dekabr kuniga qadar bo‘lib-bo‘lib to‘lab berishga va’da bergan. Oqibatda xorijlik tadbirkorni aldab, 40 bosh qora mollarni Qozog‘istondan o‘zining uyiga olib kelgan. Ushbu qora mollarni bozorda jami 220 million so‘mga sotib yuborib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fuqaro G.D. jinoyat ishi bo‘yicha ushbu modda bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.