Qozonda “O‘zbek kinosi kunlari” o‘tkazilmoqda
- 04.10.2019 19:47
- 69
- Madaniyat
Avval xabar berganimizdek, 1-5 oktyabr kunlari Rossiyaning Moskva va Qozon shaharlarida “O‘zbek kinosi kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida Qozonning «Mir» kinoteatrida o‘zbek rejissyorlari tomonidan ishlangan eng sara filmlar namoyish etilmoqda.
Qozondagi filmlar namoyishida o‘zbek teatr va kinosi darg‘alari Rajab Adashev va Feruza Saidovalar mehmon bo‘lishdi.
Tatariston poytaxtida kino ixlosmandlari uchun hujjatli, badiiy, tarixiy, ijtimoiy-maishiy va bolalarga mo‘ljallangan 8 ta film namoyish etiladi.
Kino kunlarini Umida Hamdamovaning «Issiq non» hamda Hilol Nasimovning «Hayot» badiiy filmi boshlab berdi.
O‘zbekiston kino kunlari doirasida barcha filmlar bepul namoyishi etiladi.
Qozondagi o‘zbek kinosi kunlarining ochilishida O‘zbekistonning ushbu shahardagi bosh konsuli F.Nasriyev ishtirok etdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa