QQS summasining o‘rnini qoplash tartibi qanday bo‘ladi?

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida Davlat soliq qo‘mitasi kameral soliq tekshiruvi boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14 avgustdagi “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan kuchga kirgan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda Samarqand va Jizzax viloyatlari davlat soliq boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi. Seminarda Davlat soliq qo‘mitasi kameral soliq tekshiruvi boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Ibragimov va davlat soliq katta inspektori Bekzod Risbekov nizomning mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib, QQS summasi o‘rnini qoplashda ishlatiladigan yangi dasturiy mahsullar hamda ulardan samarali foydalanish usullari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Seminarda Samarqand va Jizzax viloyatlari davlat soliq boshqarmalari xodimlarining amaliyotda duch kelishi mumkin bo‘lgan muammo va masalalar bo‘yicha savollariga batafsil javob qaytarildi.

Umid ALIMOV,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xodimi.