Qullik bekor qilingan kun bayram kuni deb e’lon qilindi

Qullikning tugashi Qo‘shma Shtatlarda milliy bayramga aylanadi: Prezident Jo Bayden 19 iyunni taqvimning qizil – bayram kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Rasmiy ravishda Milliy Mustaqillik kuni deb nomlangan bayram Amerikaning o‘n birinchi federal bayramiga aylanadi.

"Qullikni bekor qilish tarixini eslash, Talsadagi pogromlarni yodga olish, bundan saboq olishimiz, bolalarga o‘rgatishimiz kerak, chunki bu voqealar bizning milliy o‘tmishimizning bir qismidir", dedi imzolash marosimida so‘zga chiqqan vitse-prezident Kamala Xarris.

Qonun loyihasini Kongressga Texas demokrat partiyasi vakili taqdim qildi, u qullikni "Amerikaning ilk gunohi" deb atadi. Kongress qonun loyihasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Qullik bekor qilingan kun allaqachon ko‘plab shtatlarda bayramga qilinmoqda.

Bu yil 19 iyun shanba kuniga to‘g‘ri keldi va milliy bayram bir kun oldinga ko‘chirildi.