Qurilayotgan binolar shaharsozlik me’yorlariga javob beradimi?

Bunday holatlarning oldini olish, shuningdek, barcha turdagi binolar, ko‘p qavatli inshootlar, turarjoy va noturarjoy binolari, yakka tartibdagi uy-joylar va boshqa xususiy mulk ob’yektlarini qayta xatlovdan o‘tkazish, qonuniyligini o‘rganish maqsadida viloyat hokimligi va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida qo‘shma farmoyish imzolandi.

Shu asosda viloyat hokimligi, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq boshqarmasi, iqtisodiy, ma’muriy va fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi hamda bir qator tashkilot va idoralar xodimlaridan iborat xatlov guruhlari tashkil etildi.

Mamlakatimizda to‘rtta qadimiy shaharBuxoro, Samarqand, Shahrisabz va Xiva YuNESKOning umumjahon madaniy meros ob’yektlari ro‘yxatiga kiritilgan, – deydi ishchi guruh a’zosi Maysara Nabirayeva. – 2001 yildan boshlab Samarqand viloyatining 1130 gektar maydoni ushbu ro‘y­xatdan joy olgan. Hudud Afrosiyob qal’asi, temuriylar davridagi shahar va XIX-XX asrlarda barpo etilgan shahardan iborat. Mazkur madaniy meros ob’yektlarining har biri o‘ziga xos qurilish, tiklash, saqlash tartibiga ega. Ishchi guruh a’zolari tomonidan ushbu ob’yektlarda qurilayotgan binolarning shaharsozlik me’yor va qoidalariga mos joylashuvi, olib borilgan qurilish-montaj ishlarining sifati, zilzilaga bardoshlilik darajasi va qonuniyligi aniqlanmoqda.

Xatlovda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida ish­chi guruh tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Bahriddin XONKELDIYeV.