Quvonchlar cheksiz – bojxonachi ayollar kuch sinashdi

Bojxona tizimida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida “Biz sport bilan hamnafas” shiori ostida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan sport musobaqasida ayol xodimlar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashishdi.

Unda sportning shashka, stol tennisi, arg‘imchoqda sakrash, dars va kompleks mashqi turlari bo‘yicha musobaqa ishtirokchilari kuch sinashishdi.

Shashka va kompleks mashqi turlarida “Samarqand aeroport” chegara bojxona posti inspektori S.Djalilova, stol tennisida F.Namozova, arg‘imchoqda sakrashda O.Abriyeva va dars musobaqasida esa boshqarmaning xizmat ko‘rsatuvchi xodimi Sh.Vohidovalar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. 

Musobaqalar yakuni bo‘yicha boshqarmada tantanali tadbir tashkil etilib, g‘oliblarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati.