Raisiy Eron prezidenti lavozimiga kirishdi
- 06.08.2021 16:06
- 65
- Xorij
Ibrohim Raisiy rasman Eronning sakkizinchi prezidenti bo‘ldi. Inauguratsiya marosimida u Eron rasmiylari AQShning Tehronga qarshi sanksiyalarini bekor qilishga olib keladigan har qanday diplomatik rejani qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Prezident Eron yadroviy dasturi tinchlikka mutlaqo tahdid solmasligini ta’kidladi.
BMT Raisiyning mustaqil tergov qilinishini talab qilgan. Tashkilot uni 1980 yillarda eronlik siyosiy mahbuslarni qatl qilishda ishtirok etganlikda gumon qilmoqda. Raisiy saylanishidan oldin Eron sud tizimi boshlig‘i, Tehron bosh prokurori va prokuror bo‘lib ishlagan.
2017 yilda Raisiy Eronda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida qatnashdi, lekin ikkinchi muddatga qayta saylangan Hasan Ruhoniyga yutqazdi. Biroq 2019 yilda u sud hukumati boshlig‘i etib tayinlandi. 2021 yilgi saylovda ishtirok etish uchun ikkinchi urinish qildi va unda g‘alaba qozondi.