Ramazon hayiti kuni Samarqandda avtobuslar soat 5.00 dan ish boshlaydi
- 20.04.2023 12:03
- 69
- Samarqand
Ertaga, 21 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan aholiga qulaylik yaratish, Hayit namozini ado etish maqsadida masjidlarga o‘z vaqtida yetib olishlari uchun jamoat transporti o‘z harakatini soat 5.00 dan boshlaydi. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi xabar bermoqda.
Bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan 22 va 24 aprel, shuningdek, 23 aprel yakshanbada esa jamoat transporti odatiy jadval asosida harakatlanadi.
Teglar:
jamoat transporti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyo stomatologlari Samarqandga keldi
- 5 daqiqa avval
- Ta’lim