Restoranda dugonasini tunagan qiz ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020 yilning 2 mart kuni Termiz shahrida yashovchi 20 yoshli L.X. (ayol) Termiz shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning 1 mart kuni taxminan soat 21:30 larda Do‘stlik mahallasidagi restoranlarning birida tanishi 21 yoshli U.O. (ayol) uning qo‘lidan narxi 1.400.000 so‘mlik «RedMi 6» rusumli uyali telefon apparatini tortib olganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti xabariga ko‘ra, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.