Robert SEKUTA: Jomboyliklarning uyushqoqligi, faolligi tahsinga sazovor

Qonunchilik palatasi va hududiy kengashlar deputatligi uchun o‘tkazilayotgan saylovlar qizg‘in tus oldi. Kun yarmidayoq umumiy saylovchilarning 40 foizdan ortig‘i ovoz berib ulgurdi. Bu o‘z navbatida, xalqimizning siyosiy jarayonga befarq emasligi, saylovlarning yuqori saviyada, uyushqoqlik bilan tashkil etilganidan darak beradi. Buni mamlakatimizda bo‘lib turgan xalqaro kuzatuvchi, ekspertlar ham tasdiqlayapti.

Jomboy tumaniga tashrif buyurgan AQShlik jamoat faoli Robert Sekuta bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- So‘nggi yillarda mamlakatingizda amalga oshirilgan islohotlarni katta qiziqish bilan kuzatyapman, - deydi R.Sekuta. - Siyosiy jarayonning «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» shiori bilan o‘tayotgani e’tiborga molik. O‘zim bevosita kuzatgan Jomboy tumanidagi 277-, 289-, 309-saylov uchastkalarida ham tadbir sifatli o‘tayotganini e’tirof etishim kerak. Ayniqsa, aholining uyushqoqligi, faolligi tahsinga sazovor. Barcha nomzodlarga omad tilagan holda kuzatishni davom ettiramiz.

Jomboy tumani hokimligi axborot xizmati.