Rossiya Federatsiyasi AQShga tibbiyot vositalari ortilgan samolyot yubordi
- 02.04.2020 20:42
- 114
- Xorij
Kecha tunda Rossiya tomonidan AQShga yuborilgan, tibbiyot vositalari ortilgan samolyot Nyu-Yorkning JFK aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonovning so‘zlariga ko‘ra, samolyot yukxonasiga tibbiy jihozlar, dezinfeksiya vositalari, tibbiyot niqoblari, ko‘zoynak va dori-darmonlar yuklangan. Rossiya elchisi shuningdek, zaruriyat tug‘ilganda AQSh ham Rossiyaga o‘z yordamini ko‘rsatishiga ishonch bildirdi.
Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurash olib borish maqsadida yuborilgan ushbu yukning teng yarmi uchun pullarni Amerika tomon to‘lagan. Qolgan xarajatlar Rossiyaning befosita investitsiyalar fondi tomonidan qoplangan.