Rossiya tashqi razvedkasi rahbari: Navalniyning zaharlanishi G‘arb tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas
Rossiya tashqi razvedkasi rahbari Sergey Narishkin muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishi G‘arb maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi ehtimoli yo‘q emasligini ta’kidladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Buni istisno qilib bo‘lmaydi”, dedi Narishkin jurnalistlarning “Navalniy bilan bog‘liq vaziyat G‘arb maxsus xizmatlarining ishi bo‘lishi mumkinmi?”, degan savoliga javoban.
2 sentyabr kuni Germaniya Bundestagi bundesver laboratoriyasi mutaxassislari Navalniy “Novichok” zaharli moddalar guruhiga qarashli substansiya bilan zaharlanganini aniqlashganlari haqida ma’lum qildi. Shundan so‘ng Germaniya kansleri Angela Merkel bu holatni qattiq tanqid qildi.
Oradan bir kun o‘tib, 3 sentyabr kuni AQShning Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinani AQSh o‘z ittifoqdoshlari bilan Rossiyada Aleksey Navalniyning zaharlanishiga aloqador bo‘lganlarni javobgarlikka tortish ustida ishlar olib borayotganini ma’lum qildi.