Rossiya terma jamoasi futbolchilari sudda qamoq jazosini olishdi

Moskva shahar Presnenskiy tuman sudi Rossiya terma jamoasi futbolchilari  Aleksandr Kokorin («Zenit» jamoasi o‘yinchisi) va Pavel Mamayev («Krasnodar» jamoasi o‘yinchisi) qamoq jazosi tayinladi, deb xabar bermoqda kommersant.ru.

Kokorin 1 yilu 6 oy, Mamayev esa 1 yil 5 oy muddat qamoq jazosi oldilar. Ular jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydilar.

Sud ularni ommaviy bezorilik va shaxslarga jismoniy jarohat yetkazish bo‘yicha aybdor deb topdi.

Shuningdek, bu ikki futbolchi bilan birgalikda bezorilikda ayblangan Kokorinning akasi Kirill Kokorin 1 yil 6 oy va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy 1 yil 5 oy qamoq jazosi oldilar.

Ushbu to‘rt shaxs, 2018 yil, oktyabr oyida Moskva shahrida ommaviy bezorilik uyushtiradi va bir necha shaxslarni ayovsiz do‘pposlaydi. Jabrlanuvchilar, «Birinchi kanal» boshlovchisi Vitaliy Solovchuk, Savdo-sanoat departamentining temir yo‘l va avtosanoat departamenti boshlig‘i Denis Pak va Sanoat Boshqarmasi direktori Sergey Gaysin bo‘lishadi.