Rossiya, Ukraina va Belarus vakillari Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘ldi
Bu yilgi Tinchlik uchun Nobel mukofoti Belarus, Rossiya va Ukraina huquq himoyachilariga berildi. G‘oliblar “Bahor” markazi asoschisi, Rossiyaning “Memorial” va Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi asoschisi Ales Belyaskiy bo‘lishdi.
Ales Belyaskiy bu yil mukofotning yagona individual qabul qilib oluvchisi bo‘ldi. U 2011 yilning yozidan 2014 yilgacha, taxminan 3 yilni panjara ortida o‘tkazgan va 2021 yilning 14 iyulida yana hibsga olingan edi.
Rossiya "Memorial"i 2022 yil boshida rasmiylar talabiga binoan tugatilgan. Markaz asoschilaridan biri Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, akademik Andrey Saxarov edi. 1980 yillar o‘rtalarida tashkil etilgan markazning asosiy vazifalaridan biri siyosiy qatag‘on qurbonlarini reabilitatsiya qilish va ularning xotirasini abadiylashtirishdan iborat edi.
Ukraina “Fuqarolik erkinliklari markazi” 2007 yilda “inson huquqlari qadriyatlarini ilgari surish” maqsadida tashkil etilgan. Uning faollari Ukrainada odamlarning “majburiy yo‘qotilishi” xaritasini tuzgan.
Bu yil Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzodlar orasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, ukrain xalqi, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy, belaruslik muxolifatchi Svetlana Tixanovskaya va Eron ayollari bor edi.