Rossiya va Ukraina muzokara olib boryapti
Rossiya "Ukraina bilan qandaydir kelishuvlarga erishishdan" manfaatdor, dedi Belarusda Rossiya-Ukraina uchrashuvi boshlanishini kutar ekan, Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy.
Uchrashuv boshlanishidan bir necha soat oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “shoshilinch tartib asosida” Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qabul qilishga chaqirdi.
"Biz Yevropa Ittifoqiga Ukrainaning yangi maxsus tartib-qoidalar bo‘yicha zudlik bilan kirishini so‘rab murojaat qilamiz, - dedi u. - Bizni qo‘llab-quvvatlagan hamkorlarimizdan minnatdormiz. Lekin bizning maqsadimiz barcha yevropaliklar bilan birga bo‘lish va eng muhimi, ular bilan teng bo‘lish".
Bugun Ukrainadagi jangovar harakatlarning beshinchi kuni: respublikaning shimoli, sharqi va janubida Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuchlari bilan jang qilmoqda, katta shaharlar qorong‘i tushganda o‘qqa tutilmoqda. Bir kun avval Vladimir Putin Rossiya yadro kuchlarini alohida shay holatga keltirishni buyurgan va bu qaror jahon hamjamiyatining o‘ta jiddiy munosabatini bildirgan edi. Ayni daqiqalarda esa Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlandi.
Muzokaralar Belarus va Ukraina chegarasidagi Gomel viloyatida bo‘lib o‘tmoqda.
Muzokara onlayn efirga uzatilmayapti. Jurnalistlardan jonli efirni uzib qo‘yish so‘ralgan. Natijalal muzokara tugagach, ma’lum bo‘ladi.