Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi do‘stlik shartnomasi 1 apreldan barham topdi

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi "Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma 1 aprel, 2019 yildan bekor qilindi. Aniqrog‘i o‘z kuchini yo‘qotdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar beryapti.

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma yoki qisqacha aytganda "Katta shartnoma" Rossiya prezidenti Yelsin va Ukraina prezidenti Leonid Kuchma tomonidan 1997 yil, 31 mayda, Kiyev shahrida imzolangan edi.

Bu shartnoma 10 yil muddatga tuzilgandi va tomonlarning ratifikatsiyalaridan keyin 1999 yil, 1 aprelda kuchga kirgan va 2019 yil, 1 aprel sanasigacha davom etishi lozim edi. Shartnomada, agar tomonlar qarshi chiqishmasa bu shartnoma 2019 yilning 1 aprelidan avtomatik tarzda kuchga kirib keyingi o‘n yil uchun davom etaverishi belgilab qo‘yilgan edi.

2018 yilning 10 dekabr kuni Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Rossiya bilan do‘stlik, hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani to‘xtatish haqidagi qonunni imzoladi. Tomonlardan birining bu shartnomani davom ettirish xohishi bo‘lmaganligi tufayli shartnoma 1 aprel, 2019 yilda, shartnoma tuzilgandan roppa-rosa o‘n yil o‘tib to‘xtadi.