Rossiya va Yaponiya kemalarining to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
- 26.05.2021 12:02
- 84
- Xorij
Yapon dengizi hududiga yaqin joyda Rossiyaning "Amur" kemasi bilan yapon baliq ovi kemasining to‘qnashuvi oqibatida og‘ir jarohatlangan uch ekipaj a’zosining halok bo‘lgani tasdiqlandi, deya xabar berdi Kiodo yong‘in xavfsizligi bo‘limi.
Bugun, 26 may kuni, mahalliy vaqt bilan soat 6:00 da Xokkaydo shahridagi Mombetsu portidan 23 kilometr uzoqlikda Yaponiyaning "Day-xati Xokko-maru" baliq ovlash kemasi (bortida besh kishi) qisqichbaqa ovi bilan shug‘ullangan Rossiyaning "Amur" kemasi bilan (bortida 23 kishi) to‘qnashgan. «Amur» ekipaji tomonidan Yaponiya kemasida bo‘lgan besh kishi qutqarilgan, ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda.
To‘qnashuv haqida xabar "Amur"dan kelgan, ma’lumotlarga ko‘ra Yaponiya kemasi ag‘darilib ketgan.