Rossiyalik professor tomonidan umurtqa pog‘onasi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
- 03.02.2019 12:55
- 324
- Salomatlik
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 7- 12 fevral kunlari Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridagi R.R.Vreden nomidagi travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish institutining umurtqa pog‘onasi kasalliklari va neyroxirurgiya bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori, professor, Vladimir Dmitriyevich Usikov Samarqandga tashrif buyuradi.
Tashrif davomida malakali shifokor V.Usikov tomonidan umurtqa pog‘onasi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar ko‘rigi va zamonaviy jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘riklar viloyat nogironlar reabilitatsiya markazida bepul amalga oshiriladi.
Teglar:
tibbiy ko‘rik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa