Rossiyaning "STAR-T" kinokompaniyasi bilan hamkorlikda "Non shahri" teleseriali suratga olinadi
Kecha "O‘zbekkino" milliy agentligida Rossiyaning "STAR-T" kinokompaniyasi bilan "Non shahri" teleserialini suratga olish bo‘yicha muzokara bo‘lib o‘tdi.
Unda agentlik mutasaddilari "STAR-T" kinokompaniyasi prodyuseri, ssenarist, kinoaktyor Sergey Kuzminix bilan Toshkentda "Non shahri" ("Gorod xlebniy") serialini suratga olish masalalarini kelishdi.
"Non shahri" seriali ssenariysi muallifi S.Kuzminixning ta’kidlashicha, serial tarixiy-detektiv, drama janrida suratga olinadi. Serialda 1942 yilgi voqealar tasvirlanadi.
Eslatib o‘tamiz, "STAR-T" kinokompaniyasi 2005 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Rossiyadagi eng nufuzli kinokompaniyalardan biriga aylangan. Kompaniya asosan badiiy va hujjatli filmlar hamda telekanallar uchun teleseriallar ishlab chiqaradi. U ishlagan "Molodoy Volkodav", "Klassnie mujiki", "Komanda B" kabi ko‘plab teleseriallar chet mamlakatlarida ham shuhrat qozongan.
"O‘zbekkino" milliy agentligi axborot xizmati.